TOC

This article has been localized into Uzbek by the community.

Boshlang'ich tushunchalar:

Visual Studio Community

WPF, yuqorida aytib o'tilganidek, XAML (belgili) va .NET tilining har qanday C # / VB.NET/va h.k kombinatsiyasidan iborat. Bularning barchasi biron bir matn tahrirlovchisida, hatto Windows da joylashgan Notepad da yozilib,keyin buyruq satri(command line)da kompilyatsiya qilinishi mumkin. Biroq, ko'pchilik dasturchilar IDE (Integrated Development Environment) dan foydalanishni afzal ko'radi, chunki u barcha ishni jamlagan, kodni yozishdan interfeysni loyihalashtirish va uni kompilyatsiya qilishgacha

.NET/ WPF uchun ishlash muhiti Visual Studio hisoblanadi, lekin Visual Studio qimmat IDE. Lekin oddiy odamlar ham dasturlarini oson va tez bitira olishlari uchun Microsoft Visual Studioning tekin versiyasi Visual Studio Community talqinini ham chiqargan. Ushbu talqinda haqiqiy Visual Studio ning to'la imkoniyatlarini jamlamagan, lekin WPFni o'rganishni boshlash va real ilovalarni yaratish uchun zarur bo'lgan barcha narsalar mavjud.

Shunday ekan Microsoftning Visual Studio Community talqinini yuklab olib, o'rnatib, ishni tezlikda boshlashingiz mumkin:

https://www.visualstudio.com/vs/community/

Yuklab o'rnatganingizdan so'ng, keyingi maqolaga o'tib WPF o'rganishni boshlashingiz mumkin