TOC

This article has been localized into Uzbek by the community.

WPF haqida:

WPF nima?

WPF, kengaytmasi Windows Presentation Foundation, Microsoft kompaniyasining .Net freymvorki bilan ishlovchi so'nggi GUI freymvorki xisoblanadi

Lekin GUI freymvorki nima? GUI Graphical User Interface (Grafikli foydalanuvchi interfeysi) ni anglatadi va ehtimol siz shu interfeysga qarayapsiz. Windows operatsion tizimida sizning kompyuteringiz bilan ishlaydigan GUI bor, va siz ushbularni o'qiyotganingiz brauzerda ham internetda ma'lumotlarni ko'rishga imkon beradigan GUI mavjud.

GUI freymvorki textbox, label va boshqa ko'p ishlatiladigan GUI elementlar bilan dastur yaratishga imkon beradi. GUI freymvorki bo'lmasa, siz barcha elementlarni qo'lda chizishingiz va matn va sichqonchaning kiritilishi kabi barcha foydalanuvchi stsenariylarini qo'lda bajarishingiz kerak bo'lardi. Bu holda ko'p vaqt yo'qotilardi, shuning uchun ko'pgina ishlab chiquvchilar barcha asosiy ishlarni bajaradigan va ishlab chiquvchilarga asosiy ishni qilishga imkon beradigan GUI freymvorkidan foydalanadilar.

Hozirda freymvorklar juda ko'p, lekin .NET da ishlaydiganlar uchun eng qiziqarlilari hozirda WinForms va WPF. WPF - bu eng so'nggi talqin, lekin Microsoft hali ham WinFormsni qo'llab-quvvatlamoqda. Keyingi bobda ular orasidagi asosiy farqlarni bilib olasiz, lekin ularning maqsadi bir xil: ajoyib GUI bilan ilovalarni yaratishni osonlashtirish.

Keyingi bobda WinForms va WPF orasidagi farqlarni ko'ramiz